RU / UZ
Telegram
"GRIDMETRICS" MChJ

Kompaniyamiz «Megger» va «SebaKMT» rasmiy vakili sifatida 20 yildan ortiq vaqt mobaynida yer osti kommunikatsiyalarini topish, 250 kV gacha kabel va havo elektr uzatish liniyalaridagi shikastlanish joylarini aniqlash va sinash, nimstansiya uskunalarini sinash va transformatorlar parametrlarini o'lchash bo'yicha asboblar hamda ko'chma elektrotexnika laboratoriyalarini yetkazib bermoqda. Yetkazib beriladigan ETL laboratoriyalarida Yevropa ishlab chiqaruvchilarining eng so'nggi ilmiy-texnik yutuqlari va ilg'or texnologiyalari qo'llaniladi.

Faoliyatimizning alohida yo'nalishlari – suv ta'minoti tarmoqlari uchun uskunalar hamda trassani aniqlash asboblaridir. Ushbu uskunalar quvurlardan suv sizib chiqishini aniq qidirish va amaldagi quvurlarning holatini tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, videodiagnostika kameralaridan foydalanishga alohida e'tibor qaratilgan.

Biz yetkazib berayotgan uskunalar va ETL laboratoriyalariga o'qitish, kafolatli va kafolatdan keyingi servis xizmati to'liq ko'rsatiladi, mutaxassislarimiz bevosita buyurtmachi ob'ektlariga chiqishadi.

Korxonamiz tomonidan taklif etilayotgan uskunalar va ETLlarning asosiy afzalligi - nuqsonsiz nazorat, sinov va diagnostika bo'yicha yuqori texnologiyali usullarni qo'llashdir. Bu nuqsonlarni qidirish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, kabel liniyalarining xizmat muddatini bir necha barobar oshiradi va tarmoqlar holatini tizimli tahlil qilish imkonini beradi.

Sertifikatlar
BIZNING HAMKORLAR
OKMK
Uz-Kor Gas Chemical
O'zNIM
Uzbekistan GTL
Toshkent Metropoliteni
Farg'onaazot
Navoiyazot